Xavfsiz mehnat – barqaror taraqqiyot kafolati
Buxoro davlat universitetida xodimlar uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. Ushbu tadbir mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirish, ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash va xodimlar salomatligini asrash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbirda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tyutorlar hamda bo‘lim mas’ullari faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi. Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, shuningdek, mehnat qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar atroflicha tushuntirildi.

Fuqaro va mehnat muhofazasi sektori muhandisi F.Boltayev o‘z ma’ruzasida universitetda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, profilaktik chora-tadbirlar hamda xavfsizlik talablariga rioya etish borasidagi amaliy ishlar haqida ma’lumot berdi.


Bunday seminar-treninglar nafaqat qonunchilik yangiliklarini o‘rganish, balki xavfsiz mehnat madaniyatini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Zero, xavfsiz va sog‘lom mehnat muhiti har qanday tashkilotning barqaror rivojlanishi va samarali faoliyatining asosiy garovidir.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.