Xalq ertagining ogʻzaki ijro tabiati: an’ana, ertakchi va matn variantlari munosabati
Perizat Karamatdinovna JAUMITBAEVA o‘qituvchi Qoraqalpog‘iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Nukus, Oʻzbekiston perizatjaumitbaeva@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada xalq ertagining ogʻzaki ijro jarayonida yashash xususiyati qoraqalpoq, o‘zbek va ingliz folklorshunosligidagi nazariy qarashlar asosida o‘rganilgan. Mamlakatimiz va xoriliy olimlarning folklor matni, ijrochi, auditoriya va an’ana munosabatiga doir fikrlari qiyosiy tahlil qilingan. Ertak matnining barqaror syujet asosi har bir ijroda ertakchining mahorati, xotirasi, ijro muhiti va tinglovchilar xususiyatiga muvofiq qayta shakllanishi ko‘rsatilgan. Mustaqil folklor varianti bilan qayta nashr o‘rtasidagi farqni belgilash mezonlari taklif etilgan. Ertakning jamoaviyligi individual ijodkorlikni inkor etmasligi, balki ijrochining badiiy tajribasi an’ana doirasida qabul qilinishi orqali yuzaga kelishi asoslangan.
Tayanch so‘zlar: xalq ertagi, ogʻzaki ijro, ertakchi, an’ana, variant, auditoriya, jamoaviylik, improvizatsiya.