Azim Suyun qayirmalari poetikasi
Shohruh Uralovich TURSUMURODOV tayanch doktorant Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Azim Suyun ijodining evolyutsiyasida “qayirma” eksperimental izlanishining shakllanishi, uning individual uslub darajasiga ko‘tarilishi, sharq hikmatlari darajasida kamol topishi borasida mulohaza yuritilgan. Shuningdek, shoir “qayirma”laridagi undalmali murojaat, ramka unsuri, qat’iy qolipli shakliy ko‘rinishi, qofiyalanish tizimi kabilar tahlil etilgan.
Tayanch so‘zlar: qayirma, ijodiylik, eksperimental shakl, nido, ramka unsuri, hikmat, vokativlik.