Xabi Alonso FIFA islohotlari bo‘yicha fikr bildirdi
Umid qilamanki, bu amalga oshmaydi va biz futbolni barchamiz sevgan va hozir ham sevayotgan jozibasi hamda asl qiyofasini saqlab qolamiz
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jahon chempionati va boshqa yirik turnirlar huquqlarining bir qismini xususiy tuzilmalarga topshirish masalasiga munosabat bildirdi.
Avvalroq UEFA va KONKAKAF ushbu islohotlarga qarshi chiqib, agar yangi tartib tasdiqlansa, FIFA shafeligidagi musobaqalarni boykot qilishini ma’lum qilgandi.
«Futbol odamlar uchun. U xususiy qo‘llarda bo‘lmasligi kerak. Umid qilamanki, bu amalga oshmaydi va biz futbolni barchamiz sevgan va hozir ham sevayotgan jozibasi hamda asl qiyofasini saqlab qolamiz», — dedi Alonso.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi.