«Liverpul» Bredli Barkolani qo‘lga kiritish uchun yangi taklif tayyorlamoqda
«Qizillar» 23 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2032-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
PSJ vingeri Bredli Barkola hamon «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar shu hafta Parij klubiga yangi taklif yuborishni rejalashtirmoqda. «Arsenal» va nomi oshkor qilinmagan yana bir klub ham Barkolaga qiziqish bildirgan, biroq transfer uchun kurashda hozircha «Liverpul» yetakchilik qilmoqda.
«Qizillar» 23 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2032-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Barkola joriy mavsumda hali biror marta maydonga tushmadi. Bundan tashqari, futbolchi «PSJ»ning so‘nggi ikki uchrashuvi qaydnomasiga ham kiritilmadi.
PSJ 28-avgust kuni Fransiya chempionatining 2-turida safarda «Lill» bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.