Vozinya: Messi va Yamal o'rtasidagi to'qnashuvda haqiqiy sehr guvohi bo'lamiz
Mundial finali 19-iyul kuni o'tkaziladi.
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya JCH—2026 finalida to'qnash keladigan Ispaniya va Argentina o'rtasidagi o'yin haqida fikr bildirdi. U o'z intervyusida hujumchi Lionel Messi va vinger Lamin Yamalni alohida e'tirof etdi.
"Dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi — Messi va Yamal bir-biriga qarshi maydonga tushganda, bizni ajoyib o'yin kutayotganini ishonch bilan aytish mumkin. O'ylaymanki, aynan Yamal kelajakda yangi Messiga aylanadi", — deya Vozinyaning so'zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.