Vazir Xorazmdagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Xorazm viloyatida bo‘lib, ta’lim maskanlarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi va pedagoglar bilan muloqot qildi.
Xususan, vazir Urganch va Xonqa tumanlarida joylashgan ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi va o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda pedagoglar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan qiziqdi.
[gallery-31482]
Uchrashuvlar doirasida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ma’lumot o‘rnida: Xorazm viloyatida jami 565 ta maktab faoliyat yuritib, ularda 400 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar ta’lim-tarbiya olmoqda.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbirlari