Vatan himoyasi yo‘lidagi fidoyilik unutilmaydi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi 12-umumta’lim maktabida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan marhum chegarachi qahramon, mayor Shokirjon Yigitaliyev xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, mas’ullar hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari vakillari ishtirok etdilar.
[gallery-29291]
So‘zga chiqqanlar Shokirjon Yigitaliyevning hayoti va xizmat yo‘li haqida to‘xtalib, u maktabni a’lo baholar bilan tamomlagani, keyinchalik harbiy sohada tahsil olib, Vatan himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilganini ta’kidladi.
Sh. Yigitaliyev 2021-yil 25-sentabr kuni yurtimiz sarhadlarini qo‘riqlash chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan.
Tadbirda uning jasorati va Vatanga sadoqati barcha ishtirokchilar tomonidan chuqur ehtirom bilan xotirlandi.
Hotam MAMADALIEV olgan (surat)fotomuxbiri, O‘zA