«US Open-2026»: Mariya Timofeyeva ham ikkinchi davraga yo‘l oldi
Nyu-Yorkdagi "Katta dubulg‘a" turniri qizg‘in davom etmoqda. O‘zbekiston vakillari bu nufuzli musobaqada kutilmagan natijalar bilan e’tiborni tortdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi «US Open-2026» turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida asosiy to‘r birinchi davra uchrashuvlari davom etmoqda.
Musobaqaning ushbu bosqichida mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi kortga chiqdi va 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Mariya ikkinchi davrada ispaniyalik Keytlin Kevedo va belgiyalik Elize Mertens o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Amerika ochiq chempionatining birinchi bosqichida hamyurtimiz Kamilla Rahimova chexiyalik Barbora Kreychikovani 7:6, 6:4 hisobida yenggan edi. Ayni damga kelib, Kamillaning navbatdagi raqibi ham aniqlandi. U ikkinchi davrada ispaniyalik Oksana Selexmetevaga qarshi raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA