Urganch shahrida 88 turdagi noqonuniy tovar-moddiy boyliklar yo‘q qilindi
Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlariga asosan yaroqsiz deb topilgan tovar moddiy boyliklarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
Byuroning Urganch shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan “Bojxona-servis” davlat muassasasi omborxonasida yo‘q qilish bo‘yicha ijro harakatlari tayinlandi.

O‘tkazilgan tadbirda Bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi, viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Urganch shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 71 ta ijro ishlari yuzasidan 88 turdagi 2.770 dona kapsula shaklidagi biologik aktiv qo‘shimchalar, 22 ta alkogol mahsulotlari, 21 ta ratsiya va unga tegishli bo‘lgan quvvatlash qurilmalari va quloqchinlar, 35 ta lazerli nur tarqatgich apparati
va ashyoviy dalil deb e’tirof qilingan boshqa turdagi mol-mulklar sindirish, to‘kib tashlash va karobkalarni yirtib tashlash yo‘li bilan yo‘q qilinib, ijro ishlari tamomlandi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Hamroz Bayonov
O‘zA