Umidjon polvon Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarning ilk g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Quvonarlisi, dastlabki kun bahslarida vazni 65 kilogramm bo‘lgan polvonlar orasida hamyurtimiz Umidjon Jalolov finalga qadar barcha raqiblarini yengib, kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 97 kilogrammgacha vaznga ega bo‘lgan Sherzod Poyonov bronza medal bilan taqdirlandi.
Bugun, 12-aprel kuni vazni -61 kg. bo‘lgan G‘ulomjon Abdullayev va -74 kg. vazndagi Begijon Qo‘ldoshev bronza medal uchun gilamga chiqsa, -86 kg.da Bobur Islomov bronza medali uchun bo‘lib o‘tadigan jangga o‘tish bosqichida o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA