Ukrainada “Patriot” tizimi uchun raketa tanqisligi kuzatilmoqda
Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimining asosiy ustuni hisoblangan “Patriot” majmuasi uchun raketa yetishmovchiligi yuzaga keldi. “The Washington Post” nashri yozishicha, bu holat so‘nggi oylarda Rossiya hujumi keskin ko‘payishi asnosida yanada og‘irlashgan.
Yaqinda Prezident Vladimir Zelenskiy ittifoqchilarni “Patriot” uchun zarur raketa yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tegishli zaxira mavjud bo‘lsa-da, Kiyevga aslaha berishga shoshilmayapti.
“The Atlantic” jurnali esa AQSH yetakchisi Donald Tramp Zelenskiyning 300 dona tutuvchi raketa ajratish so‘rovini rad etgani haqida yozgan. Mazkur raketalar qish mavsumida mamlakat energetika infratuzilmasini himoya qilish uchun olinishi rejalashtirilgan edi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA