Reyn daryosi qurishi Germaniyada kema qatnovini xavf ostiga qo‘ydi
Germaniyadagi Reyn daryosida suv sathi tarixiy eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Ayni vaziyat kuzatilayotgan uzoq muddatli qurg‘oqchilik va yog‘ingarchilik yo‘qligi bilan izohlanmoqda.
Duysburg-Rurort, Dyusseldorf va Kyoln shaharlarida suv hajmi bo‘yicha yangi aksil rekord ketma-ket qayd etilyapti. Xususan, Duysburg-Rurortda suv sathi 149 santimetrni tashkil etib, 2022-yilgi rekordni 2 santimetrga yangiladi, Dyusseldorfda esa ko‘rsatkich 21 santimetrgacha pasaydi. Mutaxassislar yaqin orada vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishini kutmayapti.
Suv sathi keskin kamayishi rejadagi yuk tashuviga jiddiy xalaqit bermoqda. Suv yo‘li boshqarmasi vakili Markus Neyman aytishicha, ko‘plab kemalar o‘z imkoniyatining atigi 20 foizi darajasida yuk olyapti. Shu bois yirik tankerlar qatnovi iqtisodiy jihatdan samara keltirmayapti.
Muammo yo‘lovchi tashish sohasini ham chetlab o‘tmadi: “Kyoln chiroqlari” festivali kemalari soni qisqartirildi, bir kruiz layneri sayozlikda to‘xtab qoldi, Bonn shahri yaqinidagi parom qatnovi ham vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA