Turkistonda yoshlar va xotin-qizlar ijtimoiy hayotiga oid masalalarning jadidlar tomonidan yoritilishi (XX asr boshlari)
Gulmira Mardonovna OCHILOVA tarix fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti Toshkent, O‘zbekiston ochilovagulmira86@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada XX asrning birinchi choragida Turkistonda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning xotin-qizlar va yoshlarning kundalik turmushiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Masalani yoritishda asosan qiyosiy tahlil usuliga tayangan holda birlamchi manbalardan foydalanilgan. Matnda jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlar turmushini yaxshilash borasida ma’rifatparvarlar tomonidan bildirilgan fikrlar bayon etilgan.
Tayanch so‘zlar: .yoshlar, xotin-qizlar, kundalik hayot, oila, jadidlar.