Irrigator-meliorator kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar (Andijon oblasti misolida (1955–1991-yillar)
Azizbek Alisher o‘g‘li MAMAJANOV dotsent tarix fanlari bo'yicha (PhD) falsafa doktori Qo‘qon universiteti Andijon filiali Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada 1955–1991-yillarda Andijon oblastida irrigator-meliorator kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va rivojlanish jarayonlari tarixiy manbalar hamda arxiv materiallari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda suv xo‘jaligi va melioratsiya tarmoqlari uchun oliy hamda o‘rta maxsus malakali mutaxassislar tayyorlashning tashkiliy asoslari, Andijon paxtachilik instituti va Andijon gidromelioratsiya texnikumining faoliyati, ularning hududiy suv xo‘jaligi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalash jarayonlari tahlil qilinib, suv xo‘jaligi tizimida kadrlar siyosatining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: Andijon oblasti, irrigatsiya, melioratsiya, suv xo‘jaligi, irrigator-meliorator kadrlar, Andijon paxtachilik instituti, gidromelioratsiya texnikumi, muhandis-gidrotexnik, qishloq xo‘jaligi, kadrlar siyosati.