Tuproq sifati hosil unumdorligini belgilaydi
"Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasi mutaxassislardan iborat jamoa shu kunlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tuproq sifatini baholash ishlarini bajarishmoqda.
Hududning jami sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida dala tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Muassasa mutaxassislari tomonidan dala ishlarini bajarish bilan bir qatorda, fermer xo‘jaliklari va yerdan foydalanuvchilarga sug‘oriladigan yer maydonlari tuproqlarining meliorativ holatini yaxshilash, sho‘rlanish jarayonining oldini olish hamda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, tumanda asosan och tusli bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi-bo‘z tuproqlar, shuningdek, taqir, taqir-o‘tloqi va o‘tloqi-taqir tuproqlar mavjud.
Dala tadqiqot ishlari davom etmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA