Tuba Tombulo‘glu: o‘zbek va turk qardoshligi - azaliy qadriyat (+video)
O‘zbekistonning jahon miqyosidagi e’tirofi iqtisodiy o‘sishlar, ochiqlik reytingi va xalqaro tashabbuslarda yorqin namoyon bo‘lmoqda. Xususan, mamlakat jadal rivojlanib, mintaqaning drayveriga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yurtimiz tarixi, madaniyati, me’moriy obidalariga nisbatan qiziqish bugungi kunda har qachongidan ham yuqori ekanligini alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Dunyo olimlarining yurtimiz haqidagi taassurotlarini eshitsangiz, hayratlarini yashirolmaydilar. Bularning barchasi, albatta, amalga oshirilayotgan islohotlarning to‘g‘ri ekanligidandir.
"Tarix haqiqat"lari loyihasi nafaqat o‘zbek tarixchi olimlari orasida, balki dunyo tarixchilari orasida ham o‘ziga xos o‘rin egallab kelmoqda. Yurtimizga tashrif buyurgan olimlar, ilmiy tadbirlardan ortib aynan shu loyihada qatnashish istagini bildirib kelmoqdalar.
Bugungi qahramonimiz Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazit universiteti, tarix fanlari bo‘yicha doktori Tuba Tombulo‘glu yurtimiz haqidagi taassurotlari, Temuriylar merosining tarixiy ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Batafsil:
<iframe width="1431" height="805" src="https://www.youtube.com/embed/SCC6QS1Rsa0" title="Tuba Tombulo‘glu: o‘zbek va turk qardoshligi - azaliy qadriyat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Turdialiyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA