Tramp NATO qayta tashkil etilishi tarafdori
AQSH Prezidenti Donald Tramp NATOni qayta tashkil etish rejasini ko‘rib chiqmoqda. Uning maqsadi tashkilotni moliyalashtirish talabini bajarmagan a’zolarga nisbatan chora qo‘llash.
“The Telegraph” nashri yozishicha, Amerika yetakchisi “pulli o‘yin” modelini taklif etyapti. Ya’ni, moliyaviy majburiyatni bajarmagan ittifoqchi davlat muhim qaror qabul qilish, jumladan tuzilma doirasida biror qurolli mojaroga daxl qilish huquqidan foydalana olmaydi.

Bu Trampning Hurmuz bo‘g‘ozini himoya qilish uchun harbiy kema yuborish taklifi rad etilgandan ko‘tarilgan g‘oyalaridan biri ekani aytilmoqda.
Bundan tashqari ma’muriyatga yaqin manbalar Germaniyadan Amerika qo‘shini olib chiqilishi masalasi ham ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus Tramp o‘tgan yil lavozimga qaytgandan buyon muhokama etilyapti.
S.Rahimov, O‘zA