Yaponiya ko‘mir stansiyalarini tiklayapti
Yaqin Sharqda davom etayotgan harbiy-siyosiy ziddiyat global energiya bozorini izdan chiqardi. Natijada Yaponiya hukumati mamlakat energiya xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘mir elektr stansiyalaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovni yumshatishga majbur bo‘ldi.
2026 moliyaviy yildan boshlab ilgari ekologiya talabi va past samaradorlik sabab faoliyati to‘xtatilgan ko‘mir stansiyalari yana elektr ta’minoti tizimiga jalb qilinadi. Bu qadam energiya yetishmovchiligini kamaytirishga qaratilgan. Bunday keskin chora bir necha tashqi omil bilan bog‘liq: Hurmuz bo‘g‘ozi yopilishi, Qatardagi yirik suyultirilgan gaz zavodlari ishlamayotgani va xususiy kompaniyalar o‘rtasida gaz taqsimotini markazlashgan holda nazorat qilish ehtiyoji yuzaga kelgani. Bosh vazir Sanae Takaichining fikricha, ko‘mir stansiyalarini to‘liq quvvatda ishlatish va atom energetikasini tiklash orqali mamlakat Hurmuz orqali keladigan gazning taxminan 40 foizini qoplash imkoniga ega. Binobarin, mazkur tashabbus Yaponiyaning “yashil energiya”ga o‘tish strategiyasidan vaqtincha chekinishi sifatida ham baholanmoqda. Ekspertlar ko‘mirga qaytish uzoq muddatli ekologik maqsad – 2050-yilgacha “chiqindisiz” darajaga erishish rejasini xavf ostida qoldirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA