Tramp: AQSH Oliy sud qarori Xitoyning g‘alabasi
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Oliy sudning tug‘ilish huquqi bilan fuqarolikni cheklash taklifini rad etgan qarorini tanqid qildi.
Trampning ta’kidlashicha, bu qaror chet elliklar AQSHga kelib, farzandiga avtomatik ravishda Amerika fuqaroligini berishlari mumkin bo‘lgan “tug‘ilish turizmi”ni rag‘batlantiradi.
Shuningdek, u bunday amaliyot sog‘liqni saqlash tizimiga putur yetkazishi va AQSH manfaatiga mos kelmasligini ta’kidladi.
– Oliy sud chiqargan qaror Xitoyning katta g‘alabasi, – dedi prezident.
Avvalroq, Oliy sud tug‘ilish huquqi bilan fuqarolikni cheklashga urinish AQSH Konstitutsiyasining 14-tuzatmasini buzadi, degan qaror chiqargan edi.
S.Rahimov, O‘zA