Olti oy ichida qaysi valyutaning qiymati eng ko‘p oshgan?
"RIA Novosti" valyuta ma’lumoti tahliliga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida dollarga nisbatan qadri eng ko‘p oshgan valyuta sifatida Kolumbiya pesosi 9,02 foiz qimmatlashgan.
Narxi eng yuqori 5 valyuta qatorida Isroil shekeli 6.59, Braziliya reali 5.91, Vengriya forinti 5.55, Qozog‘iston tengesi 4.22 foiz mustahkamlangan.
Rossiya rubli qadri dollarga nisbatan yil boshidan beri 0.61 foiz ko‘tarilgan.
Eng ko‘p zaiflashgan Turkiya lirasida pasayish 7.91 foizni tashkil etdi. Shri-Lanka rupiyasi ham shunga o‘xshash salbiy sur’at namoyish qilib, qiymatini 7.81 foiz yo‘qotgan. Shuningdek, Janubiy Koreya voni, Indoneziya rupiyasi va Ruminiya leyi ham dollarga nisbatan juda qadrsizlangan valyutalar ro‘yxatiga kiritilgan.
S.Rahimov, O‘zA