Toşkentda robot-kurerlar faoliyati yölga qöyiladi
2026-yil yakuniga qadar poytaxt aholisi avtonom robot-kurerlar orqali mahsulotlar, tayyor taomlar va tovarlarga buyurtma beriş imkoniyatiga ega böladi. Yandex Uzbekistan kompaniyasi Yandex Lavka xizmati uçun ana şunday loyihani tayyorlamoqda.
Hozirda kompaniya robotlaştirilgan qurilmalarni sinovdan ötkazib, ularning şahar muhitidagi samaradorligini tekşirmoqda.
Birinçi bosqiçda robot yetkazib beruvçilarni ikki kilometrgaça bölgan yönalişlarda işga tuşiriş rejalaştirilgan. Asosiy talab — buyurtmani belgilangan muddatda yetkazib berişdan iborat. Foydalanuvçilar robotning keliş vaqtini buyurtmani rasmiylaştiriş jarayonida ilova orqali kuzatişlari mumkin.
Robotlar örtaça piyoda tezligida harakatlanadi hamda yönalişni lidar tizimi va ultratovuş datçiklari orqali aniqlaydi. Hisoblaş tizimi töplangan maʼlumotlar asosida atrof-muhitni tahlil qiladi, svetofor signallarini aniqlaydi va yaqindagi obʼektlar harakatini prognoz qiladi. Bular orqali robot mustaqil ravişda yönalişni belgilab, tösiqlarni aylanib ötişi va piyodalar yölagidan harakatlanişi mumkin.
Şu bilan birga, kompaniya tizim faoliyatida inson iştirokini butunlay çeklamaydi. Robotlar aksariyat standart yöllarda mustaqil harakatlansa-da, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda masofaviy operator jarayonga ulanadi. Yölovçilar bilan muloqot qiliş va yuzaga kelgan masalalarni hal etiş uçun har bir qurilma korpusiga QR-kod joylaştirilgan bölib, u orqali qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiliş mumkin. Kompaniya, şuningdek, robotlarni qölda kötarmaslik yoki boşqa joyga köçirmaslik lozimligini alohida taʼkidlaydi.
Roman BONDARÇUK tayyorladi, ÖzA