Olimlar Quyoşni tösmoqçimi? (+video)
Global isiş kuçayib, Yer yuzida harorat tobora kötarilayotgan bir payt olimlar ğayri oddiy ğoyani örganmoqda: Quyoş nurining bir qismini koinotga qaytariş orqali sayyoramizni sunʼiy ravişda sovutiş mumkinmi?
Buning uçun atmosferaning yuqori qatlamiga maxsus zarraçalar kiritiş taklif etilmoqda. Qiziği şundaki, bunday jarayonning tabiiy namunasi 1991-yil Pinatubo vulqoni otilganda kuzatilgan. Xöş, Quyoş nurini sunʼiy ravişda qaytariş orqali global isişni sekinlaştiriş mumkinmi? Mazkur texnologiya iqlim tizimi, yoğingarçilik va qişloq xöjaligiga qanday taʼsir körsatadi? Eng muhimi, sayyoramizni sovutişga qaratilgan bu ğoya qanday ekologik xavf keltirib çiqaradi?
Quyoş geomuhandisligi deb ataluvçi uşbu texnologiyaning ilmiy asosi, imkoniyati va ehtimoliy xavfi haqida qiziqarli maʼlumotlarga boy körsatuvimizni “YouTube”da tomoşa qiling!
Fardona Yaxşiboyeva,
Uluğbek Töxtayev (video),
ÖzA