Toshkentda “Kelajak tadbirkori – 2026” bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Toshkent shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir yoshlar, ish beruvchilar, tadbirkorlar, bank vakillari hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berish va yoshlarning kasbiy hamda tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi.
Yarmarka Markaziy bank, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, biznes boshlash va startap loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirning muhim yo‘nalishlaridan biri – “Ishga marhamat” ko‘rgazmasi. Unda mahallalarda bandligi ta’minlanmagan aholi va yoshlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilishlari hamda suhbatlar asosida dastlabki kelishuvlarga erishishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Shuningdek, “Kasblar akademiyasi” ko‘rgazmasi orqali ishtirokchilar zamonaviy, texnik, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik kasblari bilan tanishtirildi. Kasb-hunar o‘rganishga qiziqish bildirgan fuqarolar tadbirning o‘zida tegishli kurslarga o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida “Biznes laboratoriya” ham faoliyat olib bordi. Mazkur maydonda tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan, biznes g‘oyasi yoki dastlabki sarmoyasi mavjud bo‘lmagan fuqarolar, shuningdek, amaldagi biznesini kengaytirish niyatidagi tadbirkorlarga maslahat va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Tijoriy kredit mahsulotlari bo‘yicha dastlabki hujjatlar qabul qilinib, bankning skoring tizimi orqali dastlabki xulosa berildi.

– Korxonamiz 2019-yilda tashkil etilgan,- dedi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Plastherm” korxonasining bosh menejeri Hasanjon Muhammadjonov. – Korxona asosan turli hajmdagi quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 50 nafar ishchi mehnat qiladi. Oylik maoshlar 2 million so‘mdan 20 million so‘mgacha. Korxonamizga mahsulot yetkazib berish, uskunalar sifatini nazorat etish, sotuvchilarga ehtiyoj katta. Bu yarmarka ishlash istagidagi yoshlarni korxonamizga jalb etish uchun qulay imkoniyatdir.

– Ushbu tadbir yoshlar, ish beruvchilar, tadbirkorlar, bank vakillari hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berish va yoshlarning kasbiy hamda tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi.
Yarmarka Markaziy bank, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, biznes boshlash va startap loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirning muhim yo‘nalishlaridan biri – “Ishga marhamat” ko‘rgazmasi. Unda mahallalarda bandligi ta’minlanmagan aholi va yoshlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilishlari hamda suhbatlar asosida dastlabki kelishuvlarga erishishlari uchun imkoniyat yaratildi.


Yarmarkada yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojiga ham alohida e’tibor qaratildi. “Biznes trening” tadbiri doirasida taniqli tadbirkorlar ishtirokida motivatsion chiqishlar o‘tkazilib, talabalarning karera rivoji, shaxsiy brendi, ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik ko‘nikmalari ko‘nikmalari va professional tarmoqlarga qo‘shilish masalalari muhokama qilindi.
Treningda ““Person Hunters” LTD xalqaro konsalting kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Salay Matkarimov hamda “IMDY BABY” Mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Gulruh Abujabborova ishtirok etdi.

Tadbirning yana bir muhim qismi – yoshlar startap g‘oyalari taqdimoti. Unda yoshlar o‘zlarining zamonaviy, amaliy va istiqbolli loyihalarini taqdim etib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va amalga oshirish imkoniyatlari namoyish etildi. Taqdimot yakunida saralab olingan istiqbolli loyihalar moliyalashtirishga yo‘naltirildi.
Shu bilan birga, tadbir yakunida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda samarali loyihalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatganlar taqdirlandi.
Xususan, “Eng namunali mahalla” yo‘nalishida uchta nominatsiya bo‘yicha aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, eng ko‘p va samarali loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Bundan tashqari, “Eng faol mahalla bankiri”, “Eng faol yordamchi agent”, “Eng namunali hokim yordamchisi” va “Eng faol yoshlar yetakchisi” nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
“Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish hamda tadbirkorlik va startap tashabbuslarini amalga oshirish uchun zarur imkoniyatlarni bir joyda jamlagani bilan diqqatga sazovaor bo‘ldi.
Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (suratlar), O‘zA muxbirlari