Toshkentda bayram shukuhi boshlandi
Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami mamlakatimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida juda katta siyosiy-ijtimoiy voqea sifatida keng nishonlanmoqda.
Xususan, bayram munosabati bilan 27-avgust kuni Toshkent shahrining qator tumanlarida bayram sayillari, konsert dasturlari va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, bayram tadbirlari Yakkasaroy tumani “Pushkin” xiyobonida 18:00da, Sergeli tumanidagi Markaziy xiyobonda 18:00da, Uchtepa tumani Tuman hokimiyati oldida 18:30da, Olmazor tumani “River Park” maydonida 18:00da, Mirobod tumani “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 14:00dan 22:00gacha, Chilonzor tumani G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 14:00da bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida konsert dasturi, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, kitoblar yarmarkasi hamda kurash, shaxmat-shashka va arqon tortish kabi milliy sport musobaqalari tashkil etiladi.
G.Boboyeva,
O‘zA