Toshkent shahrida test jarayonlarining faol ishtirokchilari mehnati e’tirof etildi
Kirish test sinovlarining sifatli va tartibli tashkil etilishida hamda shaffoflik, xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilishida guruh nazoratchilarining mas’uliyati va e’tiborli mehnati muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent shahrida 2026–2027-o‘quv yilida o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari davomida o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib, abituriyentlar uchun teng va xolis sharoit yaratilishiga hissa qo‘shgan bir guruh nazoratchilar faoliyati munosib baholandi. Faolligi, mas’uliyati va fidoyiligi bilan ajralib turgan nazoratchilarga Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA