OIV testini yashirincha topshirish mumkin — yangi imkoniyatlar (+video)
OIVga tekshirilish uchun endi navbatda turish yoki shaxsingizni oshkor qilish shart emas. Toshkentda bir necha daqiqa ichida bepul va anonim ekspress-test olish imkoni paydo bo‘ldi. Nega bu bunchalik muhim? Chunki OIV bilan yashayotgan ko‘plab insonlar kasallikni o‘z vaqtida aniqlamasligiga asosiy sabablardan biri — test topshirishdan qo‘rqish va jamiyatdagi noto‘g‘ri munosabat.
Eng muhimi, bugun OIV — hukm emas. Zamonaviy davolash usullari bilan inson to‘laqonli hayot kechirishi, oila qurishi va sog‘lom farzand ko‘rishi mumkin.
Xo‘sh, Toshkentda ishga tushirilgan bu avtomat qanday ishlaydi? Test haqiqatan ham anonimmi va natija qanday olinadi?
Respublika OITSga qarshi kurashish markazining profilaktika va epidemiyaga qarshi ishlar bo‘limi mudiri — Nilufar Umarova ushbu savollar yuzasidan batafsil to‘xtaldi.
Батафсил: <iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/jXSywo8xaCM" title="OIV testini yashirincha topshirish mumkin — yangi imkoniyatlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov, O‘zA