Tomorqa va mehnat - farovonlik manbai
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Mustaqillikning besh yilligi mahallasida yashovchi Jamolxon Nasriddinov fermer xo‘jaligi tashkil etib, oila a’zolari bandligini ta’minlagan.
Ayni paytda xo‘jalikda 100 boshga yaqin chorva va 20 ga yaqin parranda parvarishlanmoqda. Shuningdek, tomorqada limonariya tashkil qilingan bo‘lib, unda limon ko‘chatlari va turli ro‘zg‘orbop ekinlar yetishtiriladi.
Mehnat va izlanish orqali yo‘lga qo‘yilgan mazkur xo‘jalik bugungi kunda oilaning asosiy daromad manbaiga aylangan. Muhimi, tomorqadan unumli foydalanish hisobiga oila ehtiyojlari ta’minlanib, yaxshigina daromad ham olinmoqda.
Mehnatobod mahallasida yashovchi Muhammadrahim Ikromov ham bo‘sh turgan joydan unumli foydalanib, chorvachilik va parrandachilikni yo‘lga qo‘ygan.
[gallery-30427]
Ayni paytda u 100 dan ortiq qo‘y, shuncha o‘rdak hamda 50 ta quyon parvarishlamoqda. Ushbu faoliyat orqali mahalladagi 4 kishining doimiy ish bilan bandligi ta’minlangan.
Bu kabi tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini ko‘paytirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA