Talabalar yotoqxonasi: muammolar, ijara va vazirlik pozitsiyasi(+video)
Minglab yangi o‘rinlarga qaramay, talabalar boshpanasiz. Ijara narxlari osmonga sakragan bir paytda, rasmiylar bu muammoga qanday javob beradi?
Rasmiy raqamlarda o‘n minglab yangi o‘rinlar yaratilgani aytilsada, real ehtiyoj to‘liq qoplanmagan. Shunday bo‘lsada rasmiylar ish jadal ketayotganini aytishmoqda. Shu bilan birga, yotoqxona sharoitlarining zamonaviy talablarga mosligi hamda ijara kompensatsiyasini olishdagi jarayon ham endigina talaba bo‘lgan yoshlar uchun qiziq. Sentyabrda ijara narxlarining sun’iy ravishda oshishi davom etayotgan bir paytda, xususiy sektorni bu sohaga jalb qilishda ma’muriy to‘siqlar saqlanmoqda.
Mazkur masala bugun jamoatchilik diqqat-markazida turibdi. "Birga bir" dasturining navbatdagi sonida aynan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim va sun’iy intellekt markazi direktori Alisher Abdullayevdan ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob oldik.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, O‘zA