Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: taklif va muammolar o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini tinglash, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda "Agrobank" ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Farhod Nasriyev, tuman hokimi Anvar Ochilov, tegishli tashkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
[gallery-31361]
Muloqot davomida faoliyatni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish, shuningdek yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish masalalari muhokama etildi.
Tadbirkorlarning aksariyat murojaati joyida ijobiy hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.
Tumanda bunday ochiq muloqotlarning muntazam tashkil etilishi tadbirkorlik muammolariga tezkor yechim topish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA