Surxondaryo maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatidagi 978 ta maktabda “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.
Bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan ushbu tantanali tadbirlarda davlat madhiyasi yangrab, Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llangan samimiy tabrik o‘qib eshittirildi.
Tadbirlar davomida ta’limda yuqori natijalarga erishgan, iqtidorli hamda jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-29621]
Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, joriy o‘quv yilida viloyatdagi 978 ta umumta’lim maktabi, 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta Prezident maktabi va 12 ta nodavlat maktabning 37 ming 788 nafar 11-sinf o‘quvchisi qadrdon maskani bilan xayrlashdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA