Sud tizimi vakillari yaşil hudud barpo etişda iştirok etdi
Şu kunlarda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimiz böylab keng kölamda davom etmoqda. Loyiha doirasida davlat idoralari va taşkilotlari xodimlari kuzgi köçat ekiş, yaşil hududlar hamda «yaşil belboğ»lar barpo etiş işlarida faol qatnaşmoqda.
Xususan, Oliy sud jamoasi ham Toşkentning “yaşil belboği”ni kengaytirişga samarali hissa qöşdi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Robaxon Mahmudova boşçiligidagi 200 nafarga yaqin sud xodimi Bektemir tumanida daraxt köçatlarini ekiş tadbirida iştirok etdi.

Poytaxtning “yaşil belboği”ni kengaytiriş doirasida örmon xöjaligiga ajratilgan 4 gektar maydonda 3 ming tupdan ortiq daraxt köçati ekildi. Maydon atrofiga terak, asosiy qismiga esa katalpa, şumtol, zarang va qayrağoç köçatlari ötqazildi. Daraxt turlarini tanlaşda hududning tuproq tarkibi, tabiiy xususiyatlari va mahalliy iqlim şaroiti hisobga olindi. Köçatlarning yaxşi moslaşişi, tutib ketişi va barqaror ösişiga alohida eʼtibor qaratildi.
Toşkent şahar hokimligi tomonidan taşkil etilgan tadbirda Oliy sud jamoasi bilan birga şahar hokimligi xodimlari, poytaxt tumanlari hokimlari va köngilli aholi vakillari ham qatnaşdi.

Uşbu taşabbus orqali Oliy sud xodimlari poytaxtda yaşil hududlarni kengaytiriş, tabiiy himoya örmonzorlarini yaratiş, çang va şamol taʼsirini kamaytiriş işlariga öz hissasini qöşdi.
Ayni kunlarda poytaxtning yaşillik darajasini oşiriş va ekologik muhitni yaxşilaşga qaratilgan işlar davom etmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA