Konstitutsiyani biliş — huquqiy madaniyat va fuqarolik masʼuliyati mezoni
Bugungi kunda yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, ularning Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida kamol topişini taʼminlaş mamlakat taraqqiyotining muhim şartlaridan biri hisoblanadi. Zero, öz huquq va burçlarini çuqur anglagan, qonun ustuvorligini hayotiy tamoyilga aylantirgan avlod jamiyatdagi özgarişlarga befarq qaramaydi, yurt kelajagi uçun masʼuliyatni his etadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, huquqiy madaniyati va fuqarolik pozitsiyasini yuksaltirişga qaratilayotgan eʼtibor ham ana şu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu boradagi taşabbuslarning amaliy ifodasi sifatida Buxoroda Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Vatan kelajagi yoşlar qölida” loyihasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” körik-tanlovining viloyat bosqiçi taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Buxoro akademik litseyida ötkazilgan bellaşuvda viloyatning tuman va şaharlaridan saralab olingan yoşlar iştirok etişib, özlarining huquqiy bilimlari, mustaqil fikrlaş qobiliyati va notiqlik mahoratini namoyiş etdi.
Tanlov şartlari iştirokçilardan nafaqat Konstitutsiya va qonunçilikka oid bilimlarni, balki ularni hayotiy misollar asosida tahlil qiliş, öz qaraşlarini dalillar bilan ifodalaş va ijodiy yondaşuvni ham talab etdi.
Jumladan, “Konstitutsiya — mening taqdirimda” deb nomlangan taniştiruv şartida yoşlar özlari tahsil olayotgan taʼlim muassasasi, huquqiy bilimlari hamda Boş qomusimizning hayotidagi örni haqida ijodiy çiqişlar qildi. Savol-javob bosqiçida esa Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonun hujjatlari, “Adolat” SDP Ustavi va Saylovoldi dasturi böyiça bilimlarini sinovdan ötkazdi.

Ayniqsa, “Konstitutsiya mening tasavvurimda” mavzusidagi erkin çiqişlarda iştirokçilarning mustaqil muşohadasi va şaxsiy yondaşuvi yaqqol namoyon böldi. Ular Boş qomusimizning muayyan moddalarini tahlil qilib, ularning mazmun-mohiyati, inson hayotidagi ahamiyati va jamiyat taraqqiyotidagi örni yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bayon etişdi.
Bu jarayonda bir haqiqat yanada oydinlaşdi: Konstitutsiyani biliş faqat huquqiy meʼyorlarni yod oliş emas, balki ularning hayotdagi ifodasini anglaş, öz huquqlarini himoya qiliş va boşqalarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda böliş demakdir.
Tanlov yakuniga köra, hakamlar hayʼati baholaş natijalari asosida ğoliblarni aniqladi. Birinçi örinni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Buxoro akademik litseyining 11-sinf öquvçisi Zinnura Homidova egalladi. Ikkinçi örin Ğijduvon tumanidagi 13-maktab öquvçisi Gulasal Rahmatovaga, uçinçi örin esa Kogon tumanidagi 10-maktab öquvçisi Şahnoza Odilovaga nasib etdi. Ğoliblar partiya tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri