Stol tennisi: Toshkent “WTT Feeder” musobaqasiga mezbonlik qilmoqda
Bugun, 24-iyul kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da stol tennisi bo‘yicha 18 ta davlatning 160 nafardan ortiq professional sportchilari ishtirokida kattalar o‘rtasida “WTT Feeder” turniri boshlandi.
Avstraliya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya kabi davlatlarning mahoratli sportchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakkalik, juftlik va aralash juftlik musobaqalarida g‘oliblik va xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi.

Bugun kun davomida Xalqaro stol tennisi federatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan nufuzli turnirning yakkalik va aralash juftlik yo‘nalishlarida musobaqalar bo‘lib o‘tadi.
“WTT Feeder” turniri 28-iyulga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA