Sport va ijodiy yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishgan yoshlar taqdirlandi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 17 noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talabalar faolligini qo‘llab-quvvatlash va ularning notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda talaba-yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida gapirildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, motivatsiyasini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

“Yuksalish akademiyasi” asoschisi Muhammadali Eshonqulov talabalar bilan motivatsion uchrashuv o‘tkazib, o‘zining hayotiy tajribalari va foydali tavsiyalari bilan bo‘lishdi.


Tadbir doirasida sport va ijodiy yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar taqdirlandi.
Shuningdek, universitetda o‘tkazilgan “Talaba ma’naviyat fidoyisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ham alohida e’tirof etilib, ular diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA