Sport akrobatikachilarimiz jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatga erishdi
Italiyaning Pezaro shahrida sport akrobatikasi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatining saralash bosqichida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatga erishdi.
Bugun, 25-sentabr kuni dunyoning eng kuchli sport akrobatikachilari ishtirok etayotgan jahon birinchiligida yakkalik va guruh bosqichlarida navbatdagi saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Kecha o‘tkazilgan saralash musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Azizbek Saparboyev, Hikmatillo Ibrohimov, Anvarjon G‘ofurov va Ikromjon Nosirov to‘rtlik bahsida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chempionatning final musobaqalari 26-27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA