Hamyurtimiz Gruziyada taqdirlandi
Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi (IBSA)ning 45 yilligi munosabati bilan maxsus tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi hamda Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayevga “IBSA45 – Recognition of Long-standing Partners” maxsus mukofoti topshirildi.

Ushbu e’tirof mamlakatimizda para sport turlarini rivojlantirishga berilayotgan alohida e’tibor hamda O‘zbekistonning IBSA bilan yo‘lga qo‘ygan uzoq muddatli hamkorligi hamda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, adaptiv sport turlarini rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlikning ramziy ifodasi bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA