Sayyohlar oqimi bu yil 13 millionga yetadimi?
Toshkent xalqaro investitsiya forumida o‘tkazilgan
Toshkent xalqaro investitsiya forumida o‘tkazilgan “Turizm sohasiga investitsiyalar” panel sessiyasida O‘zbekiston turizm sohasiga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Sessiyada turizm infratuzilmasini rivojlantirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari hamda xalqaro investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston turizmni iqtisodiyotning strategik va jadal rivojlanayotgan tarmog‘i sifatida rivojlantirib, mehmonxona biznesi, ekoturizm, ziyorat turizmi, MICE va boshqa yuqori daromadli yo‘nalishlarda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni maqsad qilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Rp2e9J18cDk" title="Sayyohlar oqimi bu yil 13 millionga yetadimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA