Savdo aylanmasi ikki yilda 2 barobar ko‘paydi
Buni qarangki, sanoat quvvatlarining o‘sishi ulgurji savdo - tovar aylanmasi miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, Farg‘ona viloyatida 2024-yilda u 14,5 trln.so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilga kelib 28,7 trln. so‘mga yetdi. Bu raqam hatto 2025-yilga nisbatan ham 6,6 foizga ko‘pdir. Hisobotlarga ko‘ra, kichik biznes sub’ektlari ulgurji savdoda yetakchilik qilmoqda. Ular tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo hajmi 27,0 trln. so‘mni tashkil etib, jami ulgurji savdo aylanmasining 93,7 % ini egalladi. Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,9 % ga oshdi.
Tahlillarga ko‘ra, viloyatda ulgurji savdo aylanmasining asosiy qismi kichik biznes sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa kichik tadbirkorlikning hudud savdo faoliyatidagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.
Yana bir raqam e’tiborni tortadi. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 39,9 mingtani tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakllar bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) yetakchi o‘rinni egallab, ularning soni 24,7 mingtaga yetdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalarining qariyb 61,9 foizi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar viloyatda tijorat faoliyatini yuritishning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA