Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari 1 ochkodan bo‘lishib oldi
Ushbu hisob o‘yin so‘nggiga qadar boshqa o‘zgarmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Jahon chempionatining dastlabki tur bahslari davom etmoqda.
Osiyo qit’asi vakili Saudiya Arabistoni terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Al Amri gol urib, saudiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim esa Urugvayning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Ko‘plab hujumlar 80-daqiqaga kelib, foydasini berdi. Maksi Arauxo Muhammad Alovays qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi va hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggiga qadar boshqa o‘zgarmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.