Gollarga boy o‘tgan bahsda Eron va Yangi Zelandiya murosa ko‘chasini tanladi
Shu tariqa, ikki jamoa ham o‘z hisoblariga 1 ochkodan yozdirib qo‘ydi.
Jahon chempionatining guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
"G" guruhi vakillari Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq Okeaniya vakillari futbolchisi Elia Justning tezkor goli evaziga hisobni ochdi. 33-daqiqaga kelib Eron terma jamoasi himoyachisi Ramin Rizoyan hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 10-daqiqasiga kelib, Jast dublni rasmiylashtirib, yana Yangi Zelandiyani oldinga olib chiqdi. Biroq ularning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 64-daqiqada Muhammad Mohebi gol urdi va yana hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi.
Shu tariqa, ikki jamoa ham o‘z hisoblariga 1 ochkodan yozdirib qo‘ydi.