"Sabah" rahbariyati futbolchilar uchun yirik mukofot puli ajratdi
Sport24.az ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan asosiy tarkib futbolchilarining har biriga 60 ming manatdan bonus berishni rejalashtirgan.
"Sabah"ning Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga chiqishi futbolchilarga nafaqat tarixiy natija, balki katta miqdordagi mukofot pulini ham olib keladi.
Sport24.az ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan asosiy tarkib futbolchilarining har biriga 60 ming manatdan bonus berishni rejalashtirgan. Bu hozirgi hisobda qariyb 417 mln so‘m yoki 35,3 ming dollarga teng.
Hal qiluvchi uchrashuvda zaxira o‘rindig‘ida qolgan futbolchilar uchun esa mukofot miqdori ikki baravar kam bo‘ladi. Ular 30 ming manatdan olishi ko‘zda tutilgan.
Ozarbayjon klubi Chempionlar ligasi yo‘llanmasini dramatik bahsda qo‘lga kiritdi. "Sabah" Isroilning "Hapoel" (Beer-Sheva) jamoasiga qarshi uchrashuvda qo‘shimcha vaqtda ustunlikka erishib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.