Ruhoniyat tasvirlari (+video)
"Rassom ustaxonasi" loyihasining bu galgi qahramoni yosh, iqtidorli rassom Bobur Vahobjonov. Qahramonimiz ijodida shaxsiy xotira, bolalik taassurotlari, inson ruhiyati va falsafiy mushohadalar o‘ziga xos uyg‘unlik kasb etadi. Rassom o‘z asarlarida hayotiy tajribalarni shunchaki tasvirlab qolmasdan, ularni ramz va metaforalar orqali qayta talqin qiladi. Shu jihatdan uning ijodiy izlanishlari zamonaviy tasviriy san’atda insonning ichki olami va xotirasiga murojaat qiluvchi o‘ziga xos badiiy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi.
Bobur Vahobjonov avvaliga Namangan shahridagi San’at kollejini muvaffaqiyatli tamomladi. Keyin esa bilim va mahoratini yanada chuqurlashtirish maqsadida oliy ta’limni davom ettirdi. 2013–2017-yillar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining «Dastgohli rangtasvir» yo‘nalishida tahsil olib, bakalavr bosqichini yakunladi.
Institutdagi ta’lim jarayoni uning professional rassom sifatida shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, rangtasvirning nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirishiga, o‘zining individual badiiy uslubini izlash va shakllantirishiga zamin yaratdi.
Batafsil video davomida.
Munira Ramozonova, Nishonboy Abduvoitov, Salimjon Obidjonov, O‘zA