Rossiyadagi dron fojiasi, Nigeriyada 52 kishi o‘g‘irlab ketildi va Qirg‘izistonda yangi taqiq - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida dunyoda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar bilan tanishasiz. Rossiyaning Gelenjik shahri yaqinidagi plyajga dron qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar jarohatlandi. Nigeriyada esa qurollangan shaxslar harbiy baza va qishloqqa hujum qilib, 52 kishini, jumladan bolalarni o‘g‘irlab ketdi. Shuningdek, Qirg‘izistonda inson jasadini krematsiya qilishni taqiqlovchi qonun kuchga kirishi belgilandi.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bir qator mamlakatlardagi elchilarni lavozimidan ozod etgani, Daniyaning 19 yoshli malikasi Izabellaning harbiy xizmatni boshlagani, Ruminiyada qurg‘oqchilik sabab AESga suv yetkazish uchun qoyatosh portlatilgani hamda xalqaro maydondagi boshqa muhim voqealar haqida ham so‘z boradi.
<iframe width="650" height="420"
src="https://www.youtube.com/embed/Z3lUNWoX8uI"
title="YouTube video player"
frameborder="0"
allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share"
referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin"
allowfullscreen>
</iframe>Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA