Rodri «Manchester Siti»dan ketmoqchi, maqsad — «Real»
Ispaniyalik futbolchi sport va oilaviy sabablarni inobatga olib, aynan shu yozda Madridga ko‘chib o‘tishni xohlayotganini ma’lum qilgan.
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri klub rahbariyatiga faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirish istagini bildirgan. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi sport va oilaviy sabablarni inobatga olib, aynan shu yozda Madridga ko‘chib o‘tishni xohlayotganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» rahbariyati Rodrini jamoada olib qolish maqsadida futbolchi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Rodrining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Agar u shartnomani uzaytirmasa, bir yildan so‘ng erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, yarim himoyachi klub tomonidan taklif qilingan barcha yangi shartnoma variantlarini rad etgan.
Rodri Angliyadagi faoliyati davomida barcha musobaqalarda 298 ta uchrashuv o‘tkazib, 28 ta gol va 32 ta assist qayd etgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rodri JCH–2026da Ispaniya terma jamoasi safida 8 ta uchrashuv o‘tkazib, jahon chempioniga aylandi hamda turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.