Ispaniya futbol federatsiyasi JCH–2026dan so‘ng AQShga 15 million dollar soliq to‘laydi
AQSh hukumati Ispaniya terma jamoasi futbolchilarini mamlakat hududida daromad olgan alohida soliq to‘lovchilar sifatida baholagan.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) JCH–2026dagi g‘alabadan so‘ng AQSh byudjetiga 15 million dollar miqdorida soliq to‘laydi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, odatda jahon chempionati tashkilotchilari mezbon davlatlar bilan terma jamoalarni soliq to‘lovidan ozod etish bo‘yicha kelishuv tuzadi. Biroq AQSh hukumati Ispaniya terma jamoasi futbolchilarini mamlakat hududida daromad olgan alohida soliq to‘lovchilar sifatida baholagan.
Shu sababli RFEF AQSh byudjetiga 15 million dollar miqdorida soliq to‘lashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 finalida Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylangan edi.