Rim Gran-prisida bugun 5 nafar taekvondochimiz dayanga chiqadi
Italiyaning Rim shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili medallar uchun kurashga kirishadi.
Ayollar o‘rtasida +67 kg. vazn toifasidagi bahslarda Olimpiya o‘yinlari sovrindori Svetlana Osipova dastlab britaniyalik Rubi Makkey va koreyalik Son Da Bin juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Erkaklar o‘rtasida -68 kg. vaznda Diyorbek To‘xliboyevning ilk raqibi italiyalik Lyudoviko Yurlaro bo‘ladi. Shu vazn toifasidagi yana bir hamyurtimiz Najmiddin Qosimxo‘jayev esa polyak sportchisi Mateush Kranovskiga qarshi kurash olib boradi.
Shuningdek, +80 kg. vazn toifasida Marat Mavlonov ozarbayjonlik Eltaj G‘afarov bilan to‘qnash kelsa, Yodgorbek Jo‘raboyev amerikalik Jonatan Xiliga qarshi dayanga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA