Qizlarimiz Filippin terma jamoasiga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Kecha 2027-yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi uchun saralash bahslariga start berildi.
Mahliyo Sarikova boshchiligidagi O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar terma jamoasi ham mazkur musobaqadagi ishtirokini boshladi. Qizlarimiz saralash bosqichining dastlabki turida Filippin terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
[gallery-31791]
Kutilayotganidek, uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq har ikki jamoa faollik namoyish etdi. Biroq bahs davomida filippinlik futbolchilar vaziyatlardan unumliroq foydalanib, tashabbusni o‘z qo‘liga oldi.
Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda terma jamoamiz vakillari bir qator hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, ularni golga aylantirishning uddasidan chiqa olmadi. Yakunda Filippin terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Saralash bosqichidagi bahslar 11-oktabrga qadar davom etadi. Terma jamoamiz oldinda turgan uchrashuvlarda munosib natija qayd etish va musobaqadagi imkoniyatlarini yaxshilash uchun kurashni davom ettiradi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA