Qisqa xabarlar (+video)
Mehnat migrantlari yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 milliard dollar yubordi, bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi, 2027-yil 1-iyulga qadar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma ishlab chiqiladi...Shuningdek, sport yangiliklari tafsiloti bilan "Qisqa xabarlar" dasturida tanishing.
-Parlament quyi palatasi qabul qilgan qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritilib, katta miqdorda yoki takroran bojxona to‘lovlaridan qochganlik uchun jazo og‘irlashtirildi.
- 2026-yilning II yarim yilligida O‘zbekiston valyuta bozori barqaror saqlandi: so‘m kursi dollarga nisbatan 11 935 – 12 320 so‘m oralig‘ida deyarli o‘zgarmadi.
- Guliston tumanida Jahon banki ishtirokidagi 7,5 mln dollarlik loyiha va mahallalardagi infratuzilma ishlari evaziga aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 95 foizga yetdi.
- Abdusattorov Chennayda 4-o‘rinni egalladi. Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan “Quantbox Chennai Grand Masters 2026” xalqaro turnirining yetti kunlik shiddatli bahslari yakunlandi.
Shu va boshqa xabarlar bilan video davomida tanishing.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P0Ct2lymZ8E" title="23 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA