Qisqa xabarlar (+video)
Yurtimiz hayotiga oid siyosat, iqtisodiyot va jamiyatdagi eng so‘nggi va muhim voqealar tafsiloti "Qisqa xabarlar" dasturida
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarusga tashrif davomida hududlararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosiga doir taqdimot bilan tanishdi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2026-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan korrupsiyaga oid jami 3 652 ta murojaat kelib tushgan.
- Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida moliyaviy xizmatlar reklamasida qonunchilik talablarini buzgan 20 dan ortiq tijorat banki va mikromoliya tashkilotiga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
- Bo‘stonliq tumanida faoliyat yurituvchi qarzdor "A.C.T" MCHJ undiruvchi davlat foydasiga faoliyati davomida soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan 1 milliard so‘m soliq qarzdorligi yuzaga kelgan.
Shu va sport yangiliklari bilan video davomida tanishing.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tyQ4w6YQHXY?si=kl-b9mu51mHO3LI6" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqubjon Meliboyev, O‘zA